Deputat mahallada o'rganish ishlari olib bordi
8 – A.Navoiy saylov okrugi deputati A.Andayev mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish markazida quyidagi muhim masalalar bo‘ldi:
📈"Ayollar daftari": Ro‘yxatga olingan xotin-qizlarning muammolarini hal etish darajasi, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordamlar holati.
🛠 Bandlik va tadbirkorlik: Ishsiz ayollarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlar.
🏠 Oilaviy muhit: Nizoli oilalar bilan ishlash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar.
"Mahalla xotin-qizlar faoli — ayollarning eng yaqin ko‘makchisi va himoyachisi bo‘lishi kerak. Har bir ayolning murojaati e’tibordan chetda qolmasligi shart", — dedi A.Andayev.