Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” – kelajak egalari bilan birga!
янв.21
“Aholi bandligi masalalari bo‘yicha ”
янв.21
“Sog‘lom muhit — jinoyatchilikka qarshi eng samarali vosita”
янв.21
Ijtimoiy nafaqalar yetkazilishi ustidan deputatlik nazorati
янв.21
Senatning 13-yalpi majlisi qarorlari yuzasidan targ‘ibot tadbiri
янв.21
Aholiga huquqiy ko`mak: Jalaquduq tumanida navbatdagi qabul tashkil etildi.
янв.21
Oilaviy kelishmovchilikka barham: Qashqar mahallasida bir oila yarashtirildi
янв.21
Favqulodda vaziyatlarda aholining to`g`ri harakatlari
янв.21
“Ogoh bo`ling, firibgar!” — yoshlarni kiberxavfsizlikka chaqiruv tadbiri
янв.21
Deputat Ergashvoy Qurbonov “Yangisor” mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o`tkazdi
Deputatlar “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati D.Sherboyev tuman Davlat xizmatlari markazida joylashgan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman bo‘limining faoliyati bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 741-son “Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilib, 2019-yil 12-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Ushba tashkilotning asosiy maqsadi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga ko‘maklashish va aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish.

Asosiy vazifalari:

✅fuqarolarga huquqiy masalalar bo‘yicha shu jumladan, onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yo‘li bilan birlamchi bepul yuridik yordam ko‘rsatish;

✅fuqarolarning huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda oshirib borish ishlariga ko‘ngillilarni safarbar etish;

✅fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat berishga oid so‘rovlarni tahlil qilib borish, tahlil natijasiga ko‘ra huquqni qo‘llash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

✅aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullarni, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini tatbiq etishdan iboratdir.

Kelgusida xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘limi o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.

Slide 1 of 7