#deputatlik_faoliyati #davra_suhbati
🌱 “Tabiatni birgalikda asraymiz!” 🌍
Bugungi Ekosana munosabati bilan shahar Kengashi deputati, Pedagogika texnikum direktori, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi deputat D.Qurbonova tashabbusi bilan davra suhbati tashkil etildi.
🤝 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ekologik partiyasi Andijon viloyati Kengashi raisi X.Yusupov ishtirok etdi.
💧 Davra suhbatida ichimlik suvini asrash va tejash, undan oqilona foydalanish, fuqarolik burchi, tozalik hamda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi.
🎥 Tadbir davomida suv tanqisligi oqibatlariga bag‘ishlangan ijtimoiy rolik namoyish etilib, ishtirokchilarni befarq bo‘lmaslikka chorlovchi muhim fikrlar bildirildi.
🌿 Tabiatni asrash — bugunning emas, kelajakning mas’uliyati.