Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

6-Ravod okrugida hashar yo‘li bilan piyodalar yo‘laklari barpo etildi

6-Ravod okrugidan saylangan deputat ishtirokida mahalla fuqarolari bilan birgalikda hashar tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir doirasida aholi uchun qulay va xavfsiz bo‘lgan piyodalar yo‘laklari barpo etildi.

Hashar jarayonida deputat, mahalla faollari va ko‘ngilli fuqarolar faol ishtirok etib, hudud obodonchiligi va infratuzilmasini yaxshilashga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Yangi yo‘laklar, ayniqsa, bolalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun qulaylik yaratadi.

Bu kabi tashabbuslar mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlab, yashash muhitini yanada obod qilishga xizmat qilmoqda.

Tuman Kengashi deputati

N. Baxriyev                                     

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 3