Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman kengashi deputati ko‘magida xotin-qizlar ishga joylashtirildi
янв.21
Tuman Kengashi deputati ishtirokida muammoli oilalar bilan profilaktik suhbat
янв.21
Aholi salomatligi e`tibor markazida: Delvarzin OSHPda profilaktik tibbiy ko`rik bo`yicha suxbat
янв.21
SUXBAT
янв.21
Jalaquduq tumanida oilaviy nizoni bartaraf etish yuzasidan o`rganish ishlari olib borildi
янв.21
Qadaqsin MFYda fuqarolar murojaati asosida muammo joyida o`rganildi
янв.21
Jalaquduq tumanida tibbiy ko`rik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi
янв.21
Tibbiy bilim va sog`lom hayot tarziga bag`ishlangan davra suhbati
янв.21
Aholini va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olish bo`yicha targ`ibot ishlari olib borilmoqda
янв.21
Mehnat munosabatlarida qonun ustuvorligi – asosiy mezon
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari

Ana shunday tadbirlardan biri xalq deputatlari tuman Kengashi tashabbusi bilan Vobkent tuman 8-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻtkazildi. Unda tuman Kengashi deputatlari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasi hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlarini aholiga yetkazish, uni yanada takomillashtirish boʻyicha joylardagi taklif va mulohazalarni umumlashtirishdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova va deputatlar N.Rustamov, M.Hasanova va D.Hayitovalar soʻzga chiqib, murojaatnoma va strategiyada belgilangan vazifalar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, taʼlim, sogʻliqni saqlash, bandlik hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar. Deputatlar strategiya ijrosida mahalliy Kengashlarning oʻrni va masʼuliyati tobora ortib borayotganini alohida qayd etdilar.

  Shuningdek, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi rahbari N.Rustamov ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi nafaqat iqtisodiy, balki maʼnaviy-maʼrifiy sohalarni rivojlantirishga ham xizmat qilishini, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim dastur boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi.

  Muhokamalar jarayonida ishtirokchilar strategiyani amalga oshirishda aholining faol ishtirokini taʼminlash, joylarda mavjud muammolarni aniqlab, ularni hal etish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish zarurligini qayd etdilar. Bildirilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, tegishli tartibda yuqori tashkilotlarga taqdim etilishi belgilandi.

 Mazkur tadbir “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, uni takomillashtirishda xalq vakillari va aholi fikrini inobatga olish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi. Bu kabi muhokamalar kelgusida ham izchil davom ettirilib, strategik maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 10