♻️ Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputati Nargiza Abdullayeva Abdurahmon Jomiy mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashdi.
♻️Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda fuqarolar 10 dan ortiq maktab, bog‘cha, simyog‘ochlar, ichki yo‘llar, elektr energiyasi va shifoxonada davolanish kabi murojaatlarini bildirishdi.
♻️Fuqarolar tadbir davomida ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli tushuntirishlar berildi va 3 nafar fuqaroga davolanish uchun yo‘llanma ajratildi.
♻️Mazkur sayyor qabulda fuqarolar tomonidan bildirilgan ayrim murojaatlar deputat tomonidan alohida nazoratga olindi.