Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Vaqtida tibbiy ko‘rik — sog‘lom kelajak kafolati”
янв.21
“Sifat va adolatli narxlar — deputatlik nazorati markazida”
янв.21
DOIMIY KOMISSIYALAR YIG‘ILISHI
янв.21
Tuman kengashi deputati ko‘magida xotin-qizlar ishga joylashtirildi
янв.21
Tuman Kengashi deputati ishtirokida muammoli oilalar bilan profilaktik suhbat
янв.21
Aholi salomatligi e`tibor markazida: Delvarzin OSHPda profilaktik tibbiy ko`rik bo`yicha suxbat
янв.21
SUXBAT
янв.21
Jalaquduq tumanida oilaviy nizoni bartaraf etish yuzasidan o`rganish ishlari olib borildi
янв.21
Qadaqsin MFYda fuqarolar murojaati asosida muammo joyida o`rganildi
янв.21
Jalaquduq tumanida tibbiy ko`rik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi o'n birinchi sessiyasi 28-aprel kuni o‘tkazildi

Sessiya ishini Kengash raisi Sh.Negmatov olib bordi. Sessiyada viloyat hokimining o'rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati O.Iminov ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi:

- viloyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi v.v.b. S.Luqmonovning hisoboti;

- aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyevning hisoboti;

- Samarqand viloyatida Olimpiya va Paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha 2025-2027-yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlari to‘g‘risida;

- Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2022-yil 23-fevraldagi VI-57-29-7-0-K/22-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;

- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;

- jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga ruxsat berish to‘g‘risida;

- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;

- viloyat hokimligining yangilangan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida;

- Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining 2025-yilning II, III, IV choraklarida saylovchilar oldida o‘z faoliyati va kelgusidagi rejalari yuzasidan axborot berish reja-jadvalini tasdiqlash to‘g‘risida;

- Viloyatning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali rahbari E.Mamasoliyevning hisoboti deputatlar tomonidan qabul qilinmadi.

Slide 1 of 4