Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar yechimi sari muhim qadam
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A.Uljayeva va D.Egamqulovalar tomonidan “A.Navoiy” mahalla yettiligi hamda saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda tegishli tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borildi.
Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan takliflar, murojaatlar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularning aksariyatiga joyida yechim topildi. Ayrim masalalar yuzasidan esa mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, kelgusida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda ushbu muammolarning ijrosi va amaldagi holati yuzasidan mutasaddilar tomonidan axborot berib borishga kelishib olindi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.