#Murojaatnoma
Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashi deputati Zarnigor Avyazova tomonidan saylov okrugidagi 9-umumta’lim maktabida Jonobod va Johonobod MFY fuqarolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis hamda O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati keng yoritildi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ustuvor vazifalar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim, bandlik va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan maqsadlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, taklif va mulohazalar bildirildi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi.