Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Egamov xonadonidan
янв.21
Doimiy komissiya huzurida "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonun ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Izboskan tuman Kengashi kotibiyati mudiri, "19-Birlashgan" saylov okrugi deputati Pozilov Ozodbek hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdi.
янв.21
Deputat va saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Deputat va saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi deputati Zarnigor Qodirova "Mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xisobotlari tinglandi
янв.21
Deputat va saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
"Yashil makon" umummilliy loyihasi Izboskanda amalda
MUNOSABAT

IZBOSKAN TUMANI XALQ DEPUTATLARI KENGASHINING MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI

Aziz yurtdoshlar!

Bugun biz barchamiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kunini keng nishonlamoqdamiz. Mustaqillik bizga erkinlik, ozod va obod hayot qurish, milliy qadriyatlarimizni tiklash hamda yurtimizni dunyo hamjamiyati orasida munosib o‘rin egallash imkonini berdi.

Shu qisqa davr ichida mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda ulkan yutuqlarga erishdi. Bugun yurtimizning har bir hududi, jumladan, Izboskan tumani ham yangilanish va taraqqiyot yo‘lida dadil qadam tashlab, xalqimiz farovonligi yo‘lida izchil harakat qilmoqda.

Aziz Izboskanliklar!

Mustaqillik — biz uchun eng katta ne’mat. Uni asrab-avaylash, kelajak avlodlarga yanada mustahkam va farovon yurtni meros qoldirish barchamizning muqaddas burchimizdir. Shu bois, tumanimiz mehnatkashlari, yoshlari, oqila onalari va nuroniy otaxonlari bir yoqadan bosh chiqarib, Vatanimiz ravnaqi uchun fidoyilik bilan mehnat qilayotganini alohida ta’kidlash joizdir.

Shu muborak kunda Siz, azizlarni — qadrli yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka, yurtimizga tinchlik va taraqqiyot tilaymiz.

Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Izboskan tumani Xalq deputatlari Kengashi 

Slide 1 of 1