Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 Ishtixon tumanida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini yaratish yo‘lidagi amaliy ishlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Senatda navbatdagi o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
янв.21
📌 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi
янв.21
📌 MEHNAT YARMARKASI — AMALIY MULOQOT MAYDONI
янв.21
📰 “Ishtixon ovozi” gazetasida maqola
янв.21
🏫 69-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tahlil qilindi
янв.21
👥 Sohibkor mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
Qonunchilik palatasi deputatlari Quva tumanida

 Qonunchilik palatasi deputatlari Quva tumanida

O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Z.Zohidov, S. Djumaeva,
M. Axmedova, D. Azizovalar Quva tuman Kengashi deputalari, tuman hokimligi vakillari
xamroxligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi «Respublikada
agrosanoat sohasiga yangi bozort mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan
bog‘ va tokzorlarni barpo qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
PF–151-son Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha Quva tumanida olib borilayotgan
ishlarni o‘rgandilar. 

O‘rganishlarda
asosiy e’tibor tumanda aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan
ishlar, intensiv usulda bog‘ va tokzorlar barpo qilish, issiqxona xo‘jaliklarini
rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish,
qayta ishlash, eksport salohiyatini oshirish hamda sohada aholi bandligini ta’minlash
va daromadlarini oshirish ishlariga qaratildi. 

O‘rganishlar davomida deputatlar tuman fermer xo‘jaliklari
rahbarlari bilan ham uchrashdilar. Uchrashuvda ular tinglovchilarga mamlakatimizda
qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan qabul qilinayotgan qonunlar
to‘g‘risida yetkazib, fermerlarning muammolarini o‘rgandilar. Savollariga
javoblar berdilar. 

Slide 1 of 5