Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik intizomi va faoliyati masalalari muhokama qilindi
янв.21
Agrar soha, suv xo‘jaligi va ekologiya yo‘nalishidagi ishlar sarhisob qilindi
янв.21
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport yo‘nalishidagi ishlar sarhisob qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik yo‘nalishidagi ishlar sarhisob qilindi
янв.21
Mahalliy budjet va iqtisodiy islohotlar yo‘nalishidagi ishlar tahlil qilindi
янв.21
“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga mablag‘ ajratildi!
янв.21
2025-yilda Ishtixon tumani mahalliy budjeti ijrosi yuzasidan hisobot eshitildi
янв.21
Hududlarni rivojlantirish va aholining daromadini oshirish – dolzarb vazifa!
янв.21
📈 Ishtixon tumanini 2026-yilda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi!
янв.21
🎥 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 19-sessiyasi o‘z ishini boshladi.
UCHRASHUVLAR DAVOM QILMOQDA

Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Qurbanbay Babajanov, Xalq deputatlari Hazorasp tuman kengashi deputati Sayyora Masharipovalar Hazorasp tumanidagi “Amudaryo”, “Juvarxas” mahalla fuqarolari bilan uchrashib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni oʻz vaqtida yechim topishga harakat qilmoqda.

Uchrashuv davomida fuqarolar turli muammolarni koʻtarishdi. Xususan, yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi taʼminotini barqarorlashtirish, transformatorni yangilash, yangi simyogʻochlar qoʻyish, ish oʻrinlari yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ayrim fuqarolar ijtimoiy himoya va uy-joy bilan bogʻliq muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.

Bunday uchrashuvlar fuqarolar va davlat organlari oʻrtasidagi ochiqlik va ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom qilmoqda.

Slide 1 of 3