Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#ish_reja_ijrosi 📋 Kengashning bugungi ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi
янв.21
#kotibiyat_mudiri 🤝 Namuna mahallasida jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🏘 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 💧 Bo‘ston mahallasida “Og‘ir” mahallalar Dasturi doirasidagi ishlar sifati o‘rganildi
янв.21
🏥 21-son oilaviy poliklinikaning yangi binosida qurilish ishlari yakunlanmoqda
янв.21
🏛 MUQADDAS ZAMIN — BUYUK AJDODLAR VATANI
янв.21
#deputat_daftari 📍 Bo'ston mahallasidagi muammolar “Deputat daftari”ga kiritildi
янв.21
🌳 YASHIL MAKON — KELAJAK UCHUN YARATILAYOTGAN YASHIL MEROS
янв.21
#162_qonun 🏫 40-sonli maktabda moddiy-texnik sharoitlar o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda ⚖️ 40-maktabda ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta’limiga oid majburiyatlari o‘rganildi
“YOSHLIK” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETTIRILMOQDA
“YOSHLIK” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETTIRILMOQDA

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish jarayonlari “Yoshlik” mahallasida davom ettirilmoqda.

🤝 O‘rganish davomida mahalla mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda belgilangan vazifalarning ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, xatlov ishlarining borishi, ularning sifatli va belgilangan talablar asosida tashkil etilishi hamda aniqlanayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud holat tahlil qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-son Qonuni mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari — xalq deputatlari Kengashlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid masalalarni ko‘rib chiqish va o‘z vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini belgilaydi.

🌿 Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganish — mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimini belgilash va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 4