O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik shodiyonalari munosabati bilan Taxiatosh tumanida 3 ta yangi bog‘chaning ochilish marosimlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. Ularning navbatdagisi — «Nurli kelajak» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bunyod etilgan 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.
Mazkur zamonaviy ta’lim maskanining tantanali ochilish tadbirida tuman hokimi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbayevich, tuman prokurori A.Kipshakbaev, tuman IIB boshlig‘i Sh.Ismoilov, shuningdek, mahalla nuroniylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.