O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Taxiatosh tumanida 3 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Bayram tuhfalaridan biri — «Keneges» ovul fuqarolar yig‘ini hududida qad rostlagan 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidir.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbayevich, tuman prokurori A.Kipshakbaev, tuman IIB boshlig‘i Sh.Ismoilov, mahalla nuroniylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Zamonaviy maskan Prezidentimizning 5246-sonli qarori asosida, OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokidagi «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasi doirasida «Voris China» MCHJ tomonidan bunyod etildi.