#jarayon
#Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi
📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining
2-Bunyodkor saylov okrugi deputati I.Ibodov nomidan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Eshovlar tomonidan "Bunyodkor" mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlari samaradorligi o'rganildi.
🖋Mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot berildi. Unda yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kredit va subsidiyalar ajratish borasida olib borilgan ishlar alohida ta’kidlandi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube