Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyat mudiri N.Kiyamov hamda deputat M.Raximov tomonidan Ishtixon tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ–561-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Qonunning 5-moddasida xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish hamda bunday holatlarning oldini olish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan.
Shuningdek, hududlarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash holati, profilaktik tadbirlar va hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish, muammolarini manzilli hal etish hamda qonun ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib boriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)