📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi R.Djumanova boshchiligida tuman Kengash deputatlari N.Xaitqulov, Sh.Radjapov, A.Altinov, K.Djumanazarova, G‘.Sadikov, Y.Musayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, “Rovatak” va “Qorasuv” mahalla yettiligi a'zolari hamda tuman Kadastr bo‘limi rahbari F.Rasulovlar tomonidan “Rovatak” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
📖O‘rganishlar davomida aholi tomonidan yer va uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, kadastr bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, mahallada tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
🖋Mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan fuqarolarga amaliy tushuntirish va huquqiy tavsiyalar berildi.
📌Shuningdek, hududdagi ijtimoiy holat, ichki ko‘chalari yo‘llarining holati ham ko‘zdan kechirildi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube