Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati G.Xudoyberganova hududda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida xonadonlarda tashkil etilgan tikuvchilik faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida N.Ergashevani xonadonda tashkil etilgan tikuvchilik sexi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Mazkur sexda 10 nafar fuqaro, asosan xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan.
Deputat sex faoliyati, yaratilgan mehnat sharoitlari hamda ishlab chiqarish hajmi bilan tanishib, bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, faoliyatni yanada kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)