Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya ✅ “Ilk rivojlantirish markazi”ga ajratilgan mablag‘ masalasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💸 Doimiy komissiya yig‘ilishida “Ilk rivojlantirish markazi” uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
✅ Deputat tomonidan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xizmat avtomobillarini ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar faollarining xizmat planshetlari uchun abonent to‘lovi masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
👨‍💼 Deputat G.Xudoyberganova aholi bandligi masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
✅ J.Mahmudov mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
👍 Narpay tajribasi asosida deputat G.Xudoyberganova aholi muammolarini xonadonma-xonadon o‘rgandi
янв.21
✅ “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Ishtixon tumani filialida ichimlik suvi to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
👨‍💼 Mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
Mahalliy Kengashlar va fuqarolik jamiyati: Hamkorlik va nazoratni kuchaytirish
Tadbirda shahar Kengashi deputatlari Kengash raisi D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov va Kengash deputatlaridan A.Mustafakulov, I.Tangirov, B.Raxmatullayev, G.Abramatova, S.Xodjayeva, D.Toshboyeva, G.Xudaykulovalar hamda siyosiy partiyalar vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda soha ekspertlari ishtirok etdilar.

💬 Mazkur davra suhbatida shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda shahar Kengashi deputati A.Mustafakulovlar deputatlik faoliyatlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'ruza qildi.

🔅Muhokama markazida quyidagi ustuvor masalalar bo'ldi:

▶️Mahalliy vakillik organlarining roli va mas’uliyatini oshirish;
▶️Jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash;
▶️Fuqarolik jamiyati institutlari bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish (jamoatchilik eshituvlari, qo‘shma monitoring);
▶️Deputatlik nazorati samaradorligini oshirish (deputatlik so‘rovlari, qarorlar ijrosi monitoringi, raqamli platformalar orqali ochiqlik).

📌Tadbir yakunida Mahalliy Kengashlar faoliyatida jamoatchilik ishtirokini yanada kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va deputatlik nazorati ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan aniq amaliy taklif va tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 7