Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya ✅ “Ilk rivojlantirish markazi”ga ajratilgan mablag‘ masalasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💸 Doimiy komissiya yig‘ilishida “Ilk rivojlantirish markazi” uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
✅ Deputat tomonidan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xizmat avtomobillarini ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
👨‍💼 Deputat G.Xudoyberganova aholi bandligi masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar faollarining xizmat planshetlari uchun abonent to‘lovi masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
✅ J.Mahmudov mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
👍 Narpay tajribasi asosida deputat G.Xudoyberganova aholi muammolarini xonadonma-xonadon o‘rgandi
янв.21
✅ “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Ishtixon tumani filialida ichimlik suvi to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
👨‍💼 Mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
Tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

Tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J. Xudoyqulova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev tumandagi “Oqjar” mahallasida mahalla hokim yordamchisi bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, daromadini oshirish bilan bir qatorda yangi ish o‘rinlari yaratib kelayotgan tadbirkorlarning amalga oshirayotgan ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan muloqot davomida ularning faoliyatini yanada kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish hamda yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishlar yakunida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish va mahallaning iqtisodiy salohiyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram Facebook E-kengash
Instagram

#J_Xudoyqulova #J_Donayev

Slide 1 of 5