Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Raximov maktabda o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning xavfsiz va sog‘lom muhitda ta’lim olishini ta’minlash, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda maktab va oila hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ota-onalarning murojaat va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur qonun mahalliy Kengashlarning ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganilishi belgilangan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)