Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Mardanova Shaxlo Normamatovna tomonidan Ishtixon tuman 1-son oilaviy poliklinikasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur qonunda belgilangan fuqarolarning sog‘liqni saqlashga doir huquqlarining ta’minlanishi, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish holati, profilaktika tadbirlarining tashkil etilishi hamda sanitariya-epidemiologik talablarning bajarilishi tahlil qilindi.
Shuningdek, tibbiy xizmatlar sifati, aholining barcha qatlamlari uchun tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyati hamda qonunchilikda belgilangan tartib va normalarga rioya etilishi yuzasidan mavjud holat o‘rganildi.
O‘rganish yakunida qonunchilik ijrosini yanada samarali ta’minlash bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)