Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Ulug‘bek Nurmuxamedov tomonidan yo‘llangan deputat so‘rovi asosida Ishtixon tumani Davlat xizmatlari markaziga olib boruvchi ichki yo‘l holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish jarayonida yo‘l atrofida qor va yomg‘ir suvlari to‘planib qolayotgani aniqlandi. Bu esa fuqarolar hamda transport vositalari harakatlanishida noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.
🚧 Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida hozirda xususiy tadbirkor tomonidan piyodalar yo‘laklari qurish ishlari olib borilmoqda.
✅ Qurilish ishlari yakunlangach, yo‘ldagi mavjud noqulayliklar bartaraf etilishi kutilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)