Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Nasiba Xakimova tomonidan yuborilgan 39-ds-369-26-sonli deputat so‘rovi asosida Beshkapa MFY Suluvqo‘rg‘on qishlog‘i va Katta-Qangli MFY Oltiketmon hamda Chimqishloq qishloqlarini bog‘lovchi ichki yo‘l holati joyida o‘rganildi.
✅ O‘rganish natijasida aniqlanishicha:
Mazkur yo‘lni shag‘al bilan ta’mirlash ishlari Ekalogiya tomonidan maratoriya qilinishi hamda Ishtixon Obodonlashtirish Boshqarmasiga shag‘al olish uchun karer ajratilmaganligi sababli vaqtincha to‘xtab turgan.
Karer masalasi hal qilingach, yo‘lni shag‘al bilan ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
📌 Shu bilan birga, hudud aholisi, jumladan maktab o‘quvchilari harakatlanishidagi noqulayliklar yaqin vaqt ichida bartaraf etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)