Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Z.Naxalov tomonidan Barlos mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-son Qonunining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallada istiqomat qiluvchi keksalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining holati, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va qamrovi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari, taklif va ehtiyojlari tinglandi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)