Samarqand viloyatida elektr ta’minoti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda xodimlar o‘rtasida halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali, “Energosavdo” Samarqand bo‘linmasi hamda tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
✅Tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Shohrux Jo‘raqulov, filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i Dilshod Otamurodov hamda Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Komil Oqilov so‘zga chiqib, tizimda korrupsiyaning oldini olish, huquqbuzarliklarni bartaraf etish hamda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalari haqida fikr bildirdilar.
👨💼Yig‘ilish yakunida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✈️@sam_vil_deputatlari