Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Ish_reja ✨ Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi
янв.21
#Ish_reja_ijrosi 👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi ish rejasining 15 kunlik ijrosi haqida
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Barlos mahallasida To‘sinsoyga suv to‘suvchi inshoot va kanalni betonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Sohibkor mahallasidagi Tusinsoy soyida qirg‘oqni mustahkamlash ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Gulobod mahallasida yangi bog‘cha qurilishi yuzasidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Ishtixon markazidagi eski uylarni renovatsiya qilish va kanalizatsiya tizimi qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#24_ta_masala ✅Zartepa MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Zartepa” mahallasida yirik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Beshkapa” mahallasida 3 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya 🤩 Ichimlik suvi va elektr ta’minoti masalasi Kengash nazoratida
Investitsiya loyihalari o‘rganildi!

Investitsiya loyihalari o‘rganildi!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan bir bo‘lgan hududdagi investitsiyalar holati yuzasidan, 2026 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha 23-Ko‘liyon saylov okrugidan saylangan deputat U.Ro‘ziyev hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolovlar tomonidan “Xumdonak” MFY Burjoq qishlog‘ida qurilayotgan yangi oilaviy shifokorlik punkti qurilish-montaj ishlari o‘rganildi. 

Deputatlar o‘rganish davomida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan bir ma-bir tanishib, qurilish ishlarini sifatli tashkil qilish, texnik va mualliflik nazoratini olib borish hamda qurilish ishlari sifatini doimiy nazorat qilish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar. 

Loyihani o‘rganish davomida aloqa tizimidagi muammolar yuzasidan O‘zbektelekom AK G‘arbiy filali 5-bog‘lama menejeri O.Isoyev nomiga 26.03.2026 yilda 30-ds-275-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 5