Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Naxalov Zayniddin boshchiligida tumanda “Ochiq budjet” loyihasi doirasida yuqori ovoz to‘plagan, biroq g‘olib deb topilmagan tashabbuslarni qayta ko‘rib chiqish masalasi muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida aholi tomonidan ilgari surilgan hamda keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari atroflicha tahlil etildi. Xususan, hududlar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan va ijtimoiy ahamiyatga ega takliflarga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur muhokamalarning asosiy maqsadi — fuqarolarning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish hamda “Ochiq budjet” orqali bildirilgan har bir tashabbusni e’tibordan chetda qoldirmaslikdan iborat.
Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.