Mazkur davr mobaynida Kengashning ish rejasiga muvofiq bir qator muhim masalalar doimiy komissiyalar majlislarida ko‘rib chiqildi.
🔹 Doimiy komissiyalar yo‘nalishida:
👉 Tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mahalliy byudjet daromadlari, qo‘shimcha rezervlar va soliq tushumlari yuzasidan hisobot eshitildi.
👉 Tashabbusli budjet jarayonlari va moliyalashtirish tartibiga oid qarorlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
👉 Mahalliy budjet barqarorligi, obodonlashtirish xizmatlari va tariflar masalalari ko‘rib chiqildi.
👉 Kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish holati tahlil qilindi.
👉 Prezident Farmonlari va qarorlari ijrosi, mahallalarda o‘rganilgan muammolar hamda “mahalla yettiligi” bilan uchrashuvlar natijalari muhokama qilindi.
👉 Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha normativ hujjatlar ijrosi ko‘rib chiqildi.
👉 Sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash, ijtimoiy obyektlarda sharoitlarni yaxshilash masalalari muhokama etildi.
🔹 Siyosiy partiyalar guruhlari bilan:
👉 Uy-joy qurilishi sohasini rivojlantirishga oid farmon ijrosi muhokama qilindi.
👉 Jinoyatchilikni oldini olish va xavfsizlik masalalari tahlil qilindi.
👉 Ijtimoiy soha obyektlarini chiqindi konteynerlari bilan ta’minlash masalasi qo‘shma majlisda ko‘rib chiqildi.
🔹 Tashkiliy ishlar doirasida:
👉 Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish va ularning natijalarini yoritib borish yo‘lga qo‘yilgan.
👉 Doimiy komissiyalar yig‘ilishlari va sessiyalar muntazam yoritib borilmoqda.
👉 Kengash qarorlarining ijrosi “edo.ijro.uz” tizimi orqali nazorat qilinmoqda.
👉 Ish reja ijrosi tahlil qilinib, viloyat Kengashiga taqdim etildi.
🔹 Axborot-tahliliy yo‘nalishda:
Amalga oshirilayotgan ishlar va o‘rganishlar muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va Telegram kanal orqali yoritib borilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)