Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya Ishtixon tumanida erkin qoldiq mablag‘larni taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktab infratuzilmasi masalasi o‘rganildi
янв.21
♻️ Chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🔌 Aholi murojaati o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
#kengash_raisi Xalq tashabbuslari — doimiy e’tiborda
янв.21
Ishtixon tumanida “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari tasdiqlandi
янв.21
Ishtixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi
янв.21
Ishtixon tumanida kriminogen vaziyat muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi!
янв.21
📌 Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida qonun ijrosi o‘rganildi
#96_qonun 📚 “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun targ‘ib qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Elyor Abdusalomov tomonidan 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagoglar ishtirokida qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevraldagi “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-son Qonunining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Ta’kidlanganidek, mazkur qonun pedagoglarning jamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida pedagoglarning kasbiy faoliyati uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi hamda kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim jihatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/)

Slide 1 of 4