Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🎮 Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
#96_ta_qonun 🌱 Tabiat, ichimlik suvi va ekologiyaga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
#96_ta_qonun Ishtixon tumanida ijtimoiy xizmatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
#96_ta_qonun 🩺 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#deputat_sorovi ➕14-son oilaviy poliklinika bo‘yicha qurilish ishlari yuzasidan ma’lumot so‘raldi
янв.21
#96_ta_qonun 👨‍💼 Aholi bandligini ta’minlash masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
#96_ta_qonun 🎓 Bolalar, yoshlar va sport sohasiga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
🚔 Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi
янв.21
💰 “Ochiq byudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar moliyalashtiriladi
янв.21
#96_ta_qonun 🌐 Turizm, innovatsiya va iqtisodiy rivojlanishga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
DEPUTAT FAOLIYATI

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Dilbar Do‘squlova Nurli Pangat mahallasida ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdi. Unda, avvalo, ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha o'rganildi.

Tashrif davomida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash jarayonlarning shaffofligi va samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning holati, ularning turmush sharoiti va mavjud muammolari yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Deputat mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar, xususan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarini hal etish borasidagi faoliyat bilan ham yaqindan tanishdi.

Slide 1 of 1