Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🎮 Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
#96_ta_qonun 🌱 Tabiat, ichimlik suvi va ekologiyaga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
#96_ta_qonun Ishtixon tumanida ijtimoiy xizmatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
#96_ta_qonun 🩺 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#deputat_sorovi ➕14-son oilaviy poliklinika bo‘yicha qurilish ishlari yuzasidan ma’lumot so‘raldi
янв.21
#96_ta_qonun 👨‍💼 Aholi bandligini ta’minlash masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
#96_ta_qonun 🎓 Bolalar, yoshlar va sport sohasiga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
🚔 Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi
янв.21
💰 “Ochiq byudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar moliyalashtiriladi
янв.21
#96_ta_qonun 🌐 Turizm, innovatsiya va iqtisodiy rivojlanishga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
OCHIQ MULOQOT

19-Ibn Sino saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Jo‘raev tomonidan saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv davomida tegishli mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda sayyor qabul tashkil etildi. 

Mazkur uchrashuv davomida hudud aholisini qiynab kelayotgan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar atroflicha muhokama qilindi. Fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Fuqarolar tomonidan 7 masala yuzasidan murojaat bo'ldi. 5 ta masala joyida hal etilib, 2 masala bo'yicha tegishli mas’ullar bilan o‘rganish talab etildi.

Shuningdek, hududni kompleks rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada takomillashtirish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. 

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3