Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya Ishtixon tumanida erkin qoldiq mablag‘larni taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktab infratuzilmasi masalasi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🔌 Aholi murojaati o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
♻️ Chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
#kengash_raisi Xalq tashabbuslari — doimiy e’tiborda
янв.21
Ishtixon tumanida “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari tasdiqlandi
янв.21
Ishtixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi
янв.21
Ishtixon tumanida kriminogen vaziyat muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi!
янв.21
📌 Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida qonun ijrosi o‘rganildi
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI, UMUMTA’LIM MAKTABLARI, KOLLEDJ VA AKADEMIK LITSEYLARNING SPORT ZALLARI VA ULARDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, ULARNING JIHOZLARI HOLATI.

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida mavjud sport inshootlari, umumta’lim maktablarining
sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati atroflicha o‘rganilmoqda. Sport zallarining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablari, shuningdek, inventarlarning yetarliligi va ulardan foydalanish darajasi tahlil qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 19-Chashma saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich o‘zi saylangan okrugdagi “Xurriyat” mahallasida joylashgan 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab sport zalining holati, mavjud sport anjomlari hamda o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar joyida ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida deputat J.Xojiboyev bilan birga tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Mirzayevlar ham ishtirok etdi. Uchrashuv
davomida o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, maktabdagi sport infratuzilmasini rivojlantirish, o‘quvchilarning turli sport musobaqalarida faol ishtirokini ta’minlash, sport orqali oliy ta’lim muassasalariga kirishda
mavjud imtiyozlar hamda iqtidorli yoshlarni professional sportga yo‘naltirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ta’lim va sportni uyg‘un olib borish, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, intizom va matonatni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Slide 1 of 3