Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya Ishtixon tumanida erkin qoldiq mablag‘larni taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktab infratuzilmasi masalasi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🔌 Aholi murojaati o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
♻️ Chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
#kengash_raisi Xalq tashabbuslari — doimiy e’tiborda
янв.21
Ishtixon tumanida “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari tasdiqlandi
янв.21
Ishtixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi
янв.21
Ishtixon tumanida kriminogen vaziyat muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi!
янв.21
📌 Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida qonun ijrosi o‘rganildi
Toyloq tumanida suv resurslarini boshqarish va suv xo‘jaligi ishlari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori B. Ahadov tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Sessiya davomida 11-saylov okrugidan saylangan deputat Azamat Usmonov Shoxkash qishlog‘idagi aholi xonadonlarida suv solig‘i miqdorining yuqoriligi sababli norozilik bildirgan bo‘lsa, 17-saylov okrugidan saylangan deputat O‘ktam Tangirov Bog‘izog‘on kanalining betonlashtirilishi sababli aholiga qo‘shimcha kanaldan suv yo‘naltirilishi masalasini so‘radi. Mas’ullar deputatlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi.

Slide 1 of 2