Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 🎼 Madaniyat muassasasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
#96_qonun 📚 Huquqiy axborot to‘g‘risidagi qonun targ‘ib qilindi
янв.21
#96_qonun 📌 Sog‘liq – eng katta boylik!
янв.21
#96_qonun 📍 Veterinariya sohasiga oid qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun 🌿 “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun 📍 “Naslchilik to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Imamov Sanjarali Tolkinovich tomonidan Beshqo‘rg‘on MFY hududida mahalla aholisi faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuv davomida deputat 2025 yilning VI-chorak yakuni bo'yicha faoliyati yuzasidan axborot berib o'tdi. 

Mahalla fuqarolai tomonidan hududda mavjud muammolar, xususan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan ichimlik suvi ta’minoti, kommunal xizmatlar sifati hamda yoshlar bandligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ham ko‘tarildi. 

Uchrashuvda mahalla fuqarolari o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha fikr almashdilar.  

Deputat murojaatlarni atroflicha o‘rganib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bosqichma-bosqich
hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
 

Uchrashuv yakunida deputat aholi bilan bunday uchrashuvlar muntazam davom ettirilishini, fuqarolar murojaatlari
doimiy e’tiborda bo‘lishini qayd etdi.
  

Slide 1 of 4