Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi Obloqul Isanov hamda kotibiyat mudiri Husnara Berdiyarovalar ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib, o‘quvchi yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv maktab hovlisida, erkin va do‘stona ruhda tashkil etildi.
Ochiq muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, ta’lim jarayoni, kelajak rejalari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Ularning murojaat va takliflari diqqat bilan tinglanib, har bir tashabbusga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuv yoshlarning qiziqishlarini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasasida yanada qulay sharoitlar yaratish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.