Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 🎼 Madaniyat muassasasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
#96_qonun 📚 Huquqiy axborot to‘g‘risidagi qonun targ‘ib qilindi
янв.21
#96_qonun 📌 Sog‘liq – eng katta boylik!
янв.21
#96_qonun 📍 Veterinariya sohasiga oid qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun 🌿 “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun 📍 “Naslchilik to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyoti garovi

Mangitobod mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 419-sonli Qonun mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 

Uchrashuv davomida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Dusmurodov fuqarolarga mazkur qonunning asosiy maqsadi – jamiyatda adolat, shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash ekanini ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida korrupsiyaning oldini olish, davlat organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, shuningdek, har bir fuqaroning korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi muhimligi haqida fikr almashildi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va qonunning amaldagi ahamiyati bo‘yicha tushunchalar berildi.

Bunday muloqotlar aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi

Slide 1 of 4