Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 🎼 Madaniyat muassasasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
#96_qonun 📚 Huquqiy axborot to‘g‘risidagi qonun targ‘ib qilindi
янв.21
#96_qonun 📌 Sog‘liq – eng katta boylik!
янв.21
#96_qonun 📍 Veterinariya sohasiga oid qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun 🌿 “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun 📍 “Naslchilik to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi va yetarliligi o‘rganildi

Aholini eng zarur iste’mol mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, bozorlardagi narx-navoning holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati E.Abduraxmonov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Deputat “Yangi hayot” mahallasi hududida joylashgan bozorda bo‘lib, mas’ul tashkilot vakillari bilan birgalikda bozordagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi hamda savdo jarayonlari holatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida bozorlarda aholining kundalik iste’moli uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari — un, go‘sht, sabzavot, yog‘-moy va boshqa mahsulotlarning narxlari hamda ularning savdo rastalaridagi mavjudligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sotuvchilar va fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, bozordagi savdo faoliyati, mahsulotlarning sifati hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda bozorlarda mahsulotlar yetarliligini ta’minlash va narx-navoni barqaror saqlash bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4