Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
янв.21
Ishtixonda sport sohasiga oid qonunchilik targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Yoshlar yetakchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Xotin-qizlar faolining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hokim yordamchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hazarbobo mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Onalar va bolalar salomatligini himoya qilishga qaratilgan qonun targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
33-oilaviy poliklinikani ko'chirish yuzasidan yuborilgan deputat so'roviga javob berildi.

Xalq deputatlri Chilonzor tuman Kengashi deputati Muxamedova Barno Farxadovna Chilonzor tumani 7-son ko‘p qavatli turar joy binosining 1-qavatida joylashgan 33-son oilaviy poliklinikani Nurxon ko‘chasi 20-b uy manzilida joylashgan bo'shab qolgan “Mehribonlik uyi” binosiga ko'chirish bo'yicha deputat so'roviga Tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Kamilov Mirzoxid Mirvaxidovich javob berdi. 

Javob xatida hokim o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori 16-ilovasiga muvofiq Chilonzor tumanidagi 33-sonli oilaviy poliklinikani rekonstruksiya qilish 2026-yilda Toshkent shahrida obyektlarni qurish,
rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatiga kiritilgan va mazkur loyihani amalga oshirish uchun respublika byudjetidan 5,0 mlrd so‘m mablag‘ ajratilganligi va hozirgi
kunda loyihani amalga oshirish uchun buyurtmachi sifatida Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan loyihalash ishlari amalga oshirilayotganligini ma’lum qildi.