Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 🎼 Madaniyat muassasasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
#96_qonun 📚 Huquqiy axborot to‘g‘risidagi qonun targ‘ib qilindi
янв.21
#96_qonun 📌 Sog‘liq – eng katta boylik!
янв.21
#96_qonun 📍 Veterinariya sohasiga oid qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun 🌿 “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun 📍 “Naslchilik to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
📌 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi

📌 Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashida Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish kun tartibiga muhim masalalar kiritildi.

Birinchi masala yuzasidan Yangiariq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, hududda ekologik muhitni yaxshilash, tabiatni muhofaza qilish va ekologik nazoratni kuchaytirish borasida olib borilgan tadbirlar haqida hisobot berildi.

Shuningdek, kun tartibidagi ikkinchi masala doirasida Yoshlar ishlari agentligi Yangiariq tuman bo‘limi boshlig‘i tumandagi yoshlar muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 19