Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
янв.21
Ishtixonda sport sohasiga oid qonunchilik targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Yoshlar yetakchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Xotin-qizlar faolining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hokim yordamchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hazarbobo mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Onalar va bolalar salomatligini himoya qilishga qaratilgan qonun targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida targ‘ibot ishlari davom etmoqda

Tumanimiz mahallalarida hududni obodonlashtirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda bahorgi ko‘chat ekish ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida tizimli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Tuman Kengashi deputatlari va mahalla faollari tomonidan xonadonma-xonadon yurib, aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Uchrashuvlar davomida fuqarolarga tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, bahorgi mavsumda ko‘chat ekish ishlarini kengaytirish, xonadonlar atrofi va mahalla hududini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlarini yanada faollashtirish, tomorqalardan samarali foydalanish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.

Slide 1 of 3