Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya Ishtixon tumanida erkin qoldiq mablag‘larni taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktab infratuzilmasi masalasi o‘rganildi
янв.21
♻️ Chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🔌 Aholi murojaati o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
#kengash_raisi Xalq tashabbuslari — doimiy e’tiborda
янв.21
Ishtixon tumanida “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari tasdiqlandi
янв.21
Ishtixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi
янв.21
Ishtixon tumanida kriminogen vaziyat muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi!
янв.21
📌 Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

⚡️ Deputatlik so‘rovi asosida aholi murojaati ijobiy hal qilindi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova tomonidan Sherobod tuman gaz ta’minoti filialiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Ushbu so‘rovda Sherobod tumani “Taroqli” mahallasi fuqarolarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘tarilgan.

Sherobod tuman gaz ta’minoti filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgustdagi “Aholi va ijtimoiy soha obyektlariga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 646-son qarori talablariga muvofiq choralar ko‘rildi.

Natijada mahalla aholisi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib, fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi.

✅ Aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 4