Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
янв.21
Ishtixonda sport sohasiga oid qonunchilik targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Yoshlar yetakchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Xotin-qizlar faolining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hokim yordamchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hazarbobo mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Onalar va bolalar salomatligini himoya qilishga qaratilgan qonun targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Deputat so‘rovi — qonuniy talab: Ijro intizomi ko‘rib chiqildi

 Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining “Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilish kun tartibida shahar tashkilotlari rahbarlarining deputat so‘rovlariga munosabati va javob berish holati tanqidiy tahlil qilindi: 

Asosiy maqsad: Saylovchilardan tushgan murojaatlar asosida yuborilgan so‘rovlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash. 

Tahlil: Shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan yuborilgan so‘rovlarga ayrim mutasaddi tashkilotlar tomonidan yuzaki yondashish holatlari muhokama qilindi. 

Komissiya a’zolari tomonidan so‘rovlarga bepisand qaragan yoki muddatni buzgan mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish va nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. 

 #Urganch #DeputatNazorati #XalqManfaati #Reglament#DeputatSo‘rovi   

Slide 1 of 3