Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya Ishtixon tumanida erkin qoldiq mablag‘larni taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktab infratuzilmasi masalasi o‘rganildi
янв.21
♻️ Chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🔌 Aholi murojaati o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
#kengash_raisi Xalq tashabbuslari — doimiy e’tiborda
янв.21
Ishtixon tumanida “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari tasdiqlandi
янв.21
Ishtixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi
янв.21
Ishtixon tumanida kriminogen vaziyat muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi!
янв.21
📌 Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida qonun ijrosi o‘rganildi
Deputat S. Rajabova “Yangi yo‘l” mahallasida fuqarolar murojaatlarini tingladi.

Deputat S. Rajabova “Yangi yo‘l” mahallasida fuqarolar murojaatlarini tingladi.

                                                                                                                                                                                                                                                               Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Rajabova tomonidan “Yangi yo‘l” mahallasida fuqarolar bilan davra suxbati o‘tkazildi. Davra suxbati davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi.

Suhbat jarayonida hududni obodonlashtirish, ijtimoiy soha, infratuzilma hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Deputat bunday uchrashuvlar aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich hal etishga xizmat qilishini ta’kidladi.