Ramazon ehson va saxovat oyi bo‘lib, shu muqaddas oyda qilingan ibodatlar, xayr-ehsonlarning savobi ko‘p bo‘lgani bois, mana shu vaqtni g‘animat bilib, kambag‘al, beva-bechoralarning holidan xabar olish ayni muddaodir. Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati Mengziyayeva Rayxon Yangiboevna o‘zi saylangan okrugdagi “Kambag‘allik reestri”da turgan Ubaydullaeva O‘rozgul va Xayitova Zuxralarning oilasiga iftorlik uchun oziq-ovqat mahsulotlarini tuhfa qildi.