Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
янв.21
Ishtixonda sport sohasiga oid qonunchilik targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Yoshlar yetakchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Xotin-qizlar faolining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hokim yordamchisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
📌 Hazarbobo mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
📌 Onalar va bolalar salomatligini himoya qilishga qaratilgan qonun targ‘ib qilindi
янв.21
📌 Kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
"Bir mahalla - bir tashabbus"

"Bir mahalla - bir tashabbus"

Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashiga 10-“Mo‘g‘ol” saylov okrugidan saylangan deputat Almanov Uzoqboy Qoraboyevich va "Mo‘g‘ol" mahalla fuqarolari yig’inida saylovchilar bilan "Bir mahalla - bir tashabbus" loyihasi asosida uchrashuv o‘tkazib, fuqarolarning murojaat va takliflarini tingladi.  

Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, bandlikni ta’minlash, uy-joy masalalari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

Deputat tomonidan ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olinishi ma’lum qilindi. Shuningdek, ayrim murojaatlar joyida o‘rganilib, mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi kiritish tartibida nazoratga olinishi qayd etildi.  

Slide 1 of 3