Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 🎼 Madaniyat muassasasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
#96_qonun 📚 Huquqiy axborot to‘g‘risidagi qonun targ‘ib qilindi
янв.21
#96_qonun 📌 Sog‘liq – eng katta boylik!
янв.21
#96_qonun 📍 Veterinariya sohasiga oid qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun 🌿 “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun 📍 “Naslchilik to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
Mahalla yettiligi faoliyati va hudud obodligi deputat nazarida

Dastlab, deputat mahallada “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Muloqot davomida “Mahalla yettiligi” o‘zaro hamkorligi, aholi muammolarini hal etishdagi samaradorligi hamda “ijtimoiy daftarlar” bilan ishlash holati tahlil qilindi. I.Tangirov har bir mas’ul xodim o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholi bilan manzilli ishlashi lozimligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida mahalladagi obodonchilik ishlari hamda ko‘p qavatli uy-joylar atrofining holati ko‘zdan kechirildi. Deputat uylar atrofidagi ozodalik, sug‘orish tizimlari, tungi yoritish chiroqlari va bolalar maydonchalarining talab darajasida ekanligiga e’tibor qaratdi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ba’zi kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylar atrofini yanada obod qilish yuzasidan mahalla faollari va mas’ul boshqaruv servis kompaniyalari vakillariga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur masalalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 9