Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#24_ta_masala 🎼 Madaniyat muassasasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
#96_qonun 📚 Huquqiy axborot to‘g‘risidagi qonun targ‘ib qilindi
янв.21
#96_qonun 📌 Sog‘liq – eng katta boylik!
янв.21
#96_qonun 📍 Veterinariya sohasiga oid qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun 🌿 “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#96_qonun 📍 “Naslchilik to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahalla ichki yo‘llari holati o‘rganildi
янв.21
#96_qonun ⚖️ Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish – ustuvor vazifa
янв.21
📋 Haftalik chiqishlar taqsimoti
“Madad” NNT va Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur Memorandum aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish, mahalliy Kengashlar qarorlari va dasturlar loyihalarini birgalikda tayyorlash, Kengash kotibiyati xodimlarining malakasini oshirib borish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida imzolandi.

Tomonlar aholi uchun sayyor qabullar tashkil etish, xususan deputatlarning okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlarida birgalikda ishtirok etishga, tuman Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari, boshqa tadbirlar tashkil etish, tuman Kengashi va uning doimiy komissiyalarining nazorat sohasidagi vakolatlarini samarali amalga oshirishiga ko‘maklashish va aholi o‘rtasida huquqiy ma’rifat hamda axborot-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda o'zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Slide 1 of 5