Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya Ishtixon tumanida erkin qoldiq mablag‘larni taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktab infratuzilmasi masalasi o‘rganildi
янв.21
♻️ Chiqindilar bilan bog‘liq qonunchilik ijrosi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 🔌 Aholi murojaati o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
#kengash_raisi Xalq tashabbuslari — doimiy e’tiborda
янв.21
Ishtixon tumanida “Tashabbusli budjet” g‘olib loyihalari tasdiqlandi
янв.21
Ishtixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi
янв.21
Ishtixon tumanida kriminogen vaziyat muhokama qilindi
янв.21
#doimiy_komissiya 🔹 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi!
янв.21
📌 Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida qonun ijrosi o‘rganildi
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI

Xalq deputatlari viloyat kengashi raisi Ismigul Xushmurodova Qamashi tuman Kengashi doimiy komissiya raislari bilan muloqot qildi.

💬 Yig‘ilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni jadallashtirishda mahalliy kengashlarning rolini kuchaytirish, doimiy komissiyalar faoliyati hamda deputatlar tomonidan yuborilayotgan so‘rovlar maqomini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

📌 Ta’kidlanganidek, deputatlik so‘rovlari — xalq muammolarini o‘zida aks ettirgan muhim qonuniy hujjat bo‘lib, ularning ijrosi har chorakda tahlil qilib borilishi mahalliy kengashlarning nazorat funksiyasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ Yig‘ilish yakunida mahalliy Kengash deputatlari faolligini oshirish, saylovchilarni qiynab kelayotgan muammolarga maqbul yechimlar topish hamda doimiy komissiyalar ishini talab darajasida tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, kengashlar oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2